Andorra
Andorra Qirolligi
📍
Poytaxt
Andorra-La-Velya
👥
Aholi
88 406
🗺️
Maydoni
464 km²
💰
Valyuta
Yevro (EUR)
📖 Tarixi
Andorra tarixiy manbalarda dastlab 805-yilda tilga olingan. XIII asrda graf Fua (Fransiya) va katalon yepiskopi Urnel boshqaruviga o‘tadi. Ispaniya va Fransiya protektorati ostida bo‘lgan Andorra 1993-yilda mustaqil davlat deb e’lon qilinadi.
📈 Iqtisodiyoti
Andorra iqtisodining asosini turizm tashkil qiladi (yiliga 13 mln turist). Sigaretlar, sigaralar va mebel ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilgan. Ekinga yaroqli yer kamligi uchun oziq-ovqatning asosiy qismi import qilinadi. Chorvachilikning asosiy turi - qo‘ychilik. 2006-yil YIM miqdori 2113 mln dollarni (aholi jon boshiga - 26800 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari - Fransiya va Ispaniya. Temiryo‘llari yo‘q. Avtomobil yo‘llari uzunligi - 96 km.